SURXONDARYODA MAKTABDAN TASHQARI MAʼNAVIY-MAFKURAVIY ISHLARNING (PIONER, KOMSOMOL, “VATAN HIMOYACHILARI” TOʻGARAKLARI) TAHLILI

Authors

  • Umаrov Djаmshed Sаyitmurаtovich TerDU Jahon tarixi kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi Pedаgogikа fаnlаri bo`yichа fаlsаfа doktori (PhD) Author

Abstract

Mazkur maqolada 1920–1990-yillar davomida Surxondaryo viloyatida maktabdan tashqari ma’naviy-mafkuraviy tarbiya ishlarining shakllanishi va rivojlanishi tahlil qilinadi. Unda pioner, komsomol va “Vatan himoyachilari” kabi tashkilotlarning faoliyati, ularning yoshlar dunyoqarashi va ijtimoiy faolligini shakllantirishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, sovet mafkurasi ta’sirida olib borilgan tarbiyaviy ishlarning ijobiy va salbiy jihatlari, milliy qadriyatlarga nisbatan cheklovlar hamda ushbu tarixiy tajribadan hozirgi davr ta’lim-tarbiyasida foydalanish imkoniyatlari yoritilgan.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi fondlari (Xalq ta’limi bo‘limi hujjatlari, 1930–1980 yy.).

2. “Lenin yo‘lida” gazetasi (Surxondaryo viloyati, 1955–1985-yillar sonlari).

3. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

4. Abdug‘aniyev Sh. O‘zbekiston ta’lim tizimi tarixidan lavhalar. – Toshkent, 2015.

5. Xudoyberdiyeva M. Sovet davri ta’lim tizimi va mafkuraviy tarbiya masalalari. – Termiz, 2019.

6. Og‘zaki manbalar: Surxondaryolik sobiq o‘qituvchilar va pioner tashkilotchilarining xotiralari.

Downloads

Published

2026-04-05