MA’NAVIY VA IQTISODIY MUNOSABATLAR TIZIMIDA MEHNAT FENOMENINING IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLILI
Abstract
mazkur maqolada mehnat fenomenining jamiyat ma’naviy va iqtisodiy munosabatlari tizimidagi o‘rni, mazmun-mohiyati va ijtimoiy-falsafiy ahamiyati kompleks tarzda tahlil etilgan. Mehnat insonning tabiat va jamiyat bilan o‘zaro munosabatini belgilovchi, uning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, shaxsiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarida faol ishtirok etishini ta’minlovchi fundamental faoliyat shakli sifatida tadqiq etilgan. Maqolada mehnatning iqtisodiy munosabatlar tizimidagi funksiyasi bilan bir qatorda, uning insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, ijtimoiy mas’uliyati, mehnat madaniyati va qadriyatlar tizimining shakllanishiga ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, mehnat va ma’naviyat o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik, iqtisodiy taraqqiyot va inson kapitalining rivojlanishida mehnatning o‘rni, mehnat munosabatlarining ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Zamonaviy globallashuv, raqamlashtirish va innovatsion rivojlanish sharoitida mehnat mazmunining transformatsiyasi, intellektual va ijodiy mehnatning tobora ustuvor ahamiyat kasb etishi hamda inson omilining iqtisodiy taraqqiyotdagi roli ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. – Toshkent, 2022.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmoni. “Tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlarda ma’muriy yuklamalarni yanada qisqartirish va tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

