INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA “ADOLAT” KONSEPTINING KONSEPTUAL BELGILARI VA SEMANTIK REPREZENTATSIYASI

Authors

  • Yazdankulova Gulnigor Muzaffarovna Samarqand davlat chet tillar instituti Author

Abstract

Mazkur tezis ingliz va o‘zbek tillarida “Adolat” konseptining konseptual belgilari hamda semantik reprezentatsiyasini qiyosiy-kognitiv va lingvomadaniy nuqtayi nazardan tadqiq etishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy materiali sifatida ingliz va o‘zbek badiiy adabiyoti hamda paremiologik birliklar tanlab olindi. Konseptning mazmuniy tuzilishi faqat lug‘aviy ma’no bilan cheklanmasligi, balki xalqning tarixiy tajribasi, axloqiy qadriyatlari, ijtimoiy munosabatlari va olamni idrok etish usullari bilan bog‘liq holda shakllanishi asoslanadi. Ingliz tilidagi justice va o‘zbek tilidagi adolat birliklari atrofida shakllangan semantik maydon qiyoslanib, konseptning “haqqoniylik”, “tenglik”, “qonun”, “hukm”, “jazolash”, “insoniylik”, “rahm-shafqat”, “haq” va “axloqiy me’yor” kabi komponentlari ajratildi. Tahlil natijasida “Adolat” konsepti ikki til va madaniyatda umumiy universal mazmuniy yadroga ega bo‘lishi bilan birga, uning periferik komponentlarida milliy-madaniy tafovutlar mavjudligi ko‘rsatildi.

References

1. Lakoff G. Women, Fire, and Dangerous Things: What Categories Reveal about the Mind. — Chicago: University of Chicago Press, 1987.

2. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. — Chicago: University of Chicago Press, 1980.

3. Speake J., Simpson J. A. (Eds.). The Oxford Dictionary of Proverbs. — Oxford: Oxford University Press, 2003.

4. Mirzayev T., Musaqulov A., Sarimsoqov B., Turdimov Sh. O‘zbek xalq maqollari. — Toshkent: Sharq, 2005.

5. Navoiy A. Hayrat ul-abror. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.

6. Qodiriy A. O‘tkan kunlar. — Toshkent: Sharq.

7. Shakespeare W. The Merchant of Venice.

8. Godlewski M. “Fie upon the law”: The Thomistic Perspective on Justice and Mercy in The Merchant of Venice // Rocznik Komparatystyczny. — 2024. — Vol. 15. — P. 81–98.

9. O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 5 jildli / Tahr. hay’ati. — Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006–2008.

Downloads

Published

2026-08-03