QAYTA ISHLANGAN PAXTA TOLALARIDAN OLINGAN IPLARNING DEFORMATSIYALANISH XUSUSIYATLARINI TADQIQ ETISH
Abstract
Ushbu maqolada paxta tolasini qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan tolali chiqindilar tarkibidagi yigirishga yaroqli tolalarni samarali ajratib olish hamda ushbu tolalardan foydalanish asosida olinadigan iplarning deformatsion xususiyatlarini baholash masalalari tahlil qilingan. Mavjud tozalash mashinalarining texnologik imkoniyatlari, tolali chiqindilar tarkibi va yigirishga yaroqli tolalarni saqlab qolish samaradorligi o‘rganilgan. Shuningdek, takomillashtirilgan shakldor perforatsion sirt va arra tishli baraban asosida ishlovchi qurilmaning texnologik samaradorligi tahlil qilingan. Ajratib olingan tolalardan ip ishlab chiqarish jarayonida ipning cho‘zilish, egilish, buralish va siqilish kabi deformatsion xususiyatlarini hisobga olishning ahamiyati asoslangan. Ipning murakkab deformatsion holatini ifodalashda diskret modellashtirish usulidan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari xomashyodan samarali foydalanish, tolali chiqindilar miqdorini kamaytirish va qayta ishlangan tolalardan olinadigan iplarning sifat ko‘rsatkichlarini kompleks baholash imkonini berishini ko‘rsatadi.
References
1. Z.Erkinov Tozalash qurilmasini takomillashtirish asosida tola sifatini saqlab qolish Namangan to‘qimachilik-sanoati instituti ilmiy-texnika jurnali, 2025 yil, № I, 6-14 bet
2. Исмоилов А.А. Повышение эффективности очистки хлопкового волокна: дисс. канд. техн. наук. – Ташкент, 1988.
3. Котов Ю.С. Исследование процесса многократной очистки волокна по прямоточному принципу на хлопкозаводах пильного джинирования: дисс. канд. техн. наук. – Ташкент, 1975.
4. Турсунов Х.Қ. Теоретические основы очистки хлопкового волокна и совершенствование рабочих органов волокноочистительных машин: дисс. докт. техн. наук. – Ташкент, 1997.
5. Halimi M.T., Hassen M., Sakli F. Cotton waste recycling: Quantitative and qualitative assessment. Resources, Conservation and Recycling. 2008. Vol. 52, Issue 5.
6. Aliev B. Paxta chiqindilari tarkibidagi yigiruvga yaroqli tolalarni ajratib oluvchi qurilmani takomillashtirish: PhD dissertatsiya ishi. – Namangan, 2020.
7. Mirzaboyev J. Tozalash jarayonini maqbullashtirish asosida xomashyodan samarali foydalanish: PhD dissertatsiya ishi. – Namangan, 2021.
8. Inoyatova M., Mirzaboyev B., Aliyev B., Ahmadaliyeva D., Muxtorova I., Karimova Sh. Effect of the cleaning machines on the level of cleaning. AIP Conference Proceedings, 2023.
9. Abd ujjabbarov M.Z. Paxta tolasidan ip yigirish va ulardan mato to‘qish texnologik jarayonlarida ularning cho‘ziluvchanlik xossalarini o‘zgarishini tadqiq etish: texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi. – Namangan, 2025.
10. Wang Y., Jiao Y., Wang P. Yarn/Yarn Friction Analysis Considering the Weaving Process of Textile Fabrics: Analytical Model and Experimental Validation. Tribology Letters. 2023. Vol. 71, Article 91.
11. Долимов А.С. Сувда эрийдиган иплардан фойдаланган ҳолда ҳалқа тукли тўқималарни ишлаб чиқаришнинг технологик жараёнини мақбуллаштириш: техн. фан. фалс. докт. дисс. – НамТСИ, Наманган, 2023.
12. Щербаков В.П. Расчет прочности пряжи с применением теории упругости анизотропного тела // Известия вузов. Технология текстильной промышленности. – 1990. – №6. – С. 13–16.

