BUXORO VILOYATI SUGʻORILADIGAN OʻTLOQI ALLYUVIAL TUPROQLAR SHAROITIDA BORLI MIKROOʻGʻITNI GʻOʻZA O’SIMLIGIGA VA TUPROQ MUHITIGA TA’SIRI
Abstract
Jahon dehqonchiligida gʻoʻzadan yuqori va sifatli tola hosili olishda nafaqat makroelementlar, balki mikroelementlar bilan meʼyory oziqlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oʻzbekistonning, xususan Buxoro viloyatining arid iqlim sharoitida gʻoʻzaning oziqlanish tartibini tuproqning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda boshqarish zarur. Vohaning sugʻoriladigan oʻtloqi allyuvial tuproqlari uzoq yillar davomida intensiv dehqonchilikda foydalanilishi, sizot suvlarining yaqinligi va turli darajada shoʻrlanishi natijasida harakatchan mikroelementlar, ayniqsa Bor (B) elementining tabiiy zaxirasi kamayib borishi kuzatilmoqda. Bor mikroelementi oʻsimlik toʻqimalarida uglevod va oqsil almashinuvini boshqarish, jinsiy organlarning shakllanishi, changlanish jarayonlarini faollashtirish va hosil elementlarining toʻkilishini oldini olishda almashtirib boʻlmaydigan funksiyalarni bajaradi. Shu bois, ushbu tuproqlar sharoitida borli mikroogʻitlarni qoʻllashning eng samarali usullarini ilmiy asoslash, gʻoʻzaning fiziologik faolligini oshirish va tola sifatini yaxshilash mazkur tadqiqotning asosiy maqsadini tashkil etadi.

