DIFFUZ TOKSIK BO‘QOQ BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA YURAK-QON TOMIR TIZIMI O‘ZGARISHLARI

Authors

  • Bahriyev Aslbek G‘iyosiddin o‘g‘li Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Author

Abstract

Diffuz toksik bo‘qoq (DTB) — eng ko‘p uchraydigan autoimmun endokrin kasalliklardan biri bo‘lib, organizmdagi barcha a’zolar, ayniqsa, yurak-qon tomir tizimida qaytmas patologik jarayonlarni keltirib chiqaradi(1). Gipertireoz holatida kuzatiladigan doimiy taxikardiya, arterial gipertenziya va bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi bemorlarning nogironligiga va hayot sifatining keskin pasayishiga sabab bo‘ladi(2). Shu bois, kardiologik asoratlarni erta aniqlash va davolash strategiyasini ishlab chiqish dolzarb tibbiy-amaliy masala hisoblanadi

References

1. Ismoilov S.I., Alimova N.U. O‘zbekistonda qalqonsimon bez kasalliklarining tarqalishi va zamonaviy tashxislash usullari. Endokrinologiya jurnali, 2018.

2. Karimov M.Sh. Tireotoksikozda kardiomiopatiyalar rivojlanish mexanizmlari. O‘zbekiston tibbiyot jurnali, 2016.

3. Jalilov A.A. Autoimmun endokrinologik kasalliklar: profilaktika va davolash strategiyalari. Tibbiy ilmiy nashr, 2017.

Downloads

Published

2026-05-13