QATAG‘ON QURBONLARINING HAYOTI VA FAOLIYATI: TARIXIY XOTIRA, MILLIY TAFAKKUR VA MA’NAVIY MEROS
Keywords:
qatag‘on, jadidchilik, milliy uyg‘onish, tarixiy xotira, milliy tafakkur, ma’naviy meros, mustaqillik, ziyolilar, tarixiy adolat.Abstract
Maqolada XX asrning 20–30-yillarida sovet mustabid tuzumi tomonidan amalga oshirilgan qatag‘on siyosati, uning natijasida jabr ko‘rgan milliy ziyolilar — jadid ma’rifatparvarlari, adiblar va davlat arboblarining hayoti hamda ijodiy-ma’rifiy faoliyati tahlil qilingan. Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi allomalarning milliy madaniyat va maorif rivojiga qo‘shgan hissasi, ularning fojiali taqdiri hamda mustaqillik yillarida tarixiy adolat tiklanishi yoritilgan. Shuningdek, qatag‘on qurbonlari xotirasini asrash, tarixiy xotira va milliy tafakkurni shakllantirishning yosh avlod ma’naviy tarbiyasidagi ahamiyati asoslangan.
References
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2020.
2. O‘zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob: O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. – Toshkent: Sharq, 2000.
3. Qatag‘on qurbonlari xotirasi. Ma’lumotnoma-to‘plam. – Toshkent: “Shahidlar xotirasi” jamg‘armasi, 2007.
4. Cho‘lpon A. Asarlar. To‘rt jildlik. – Toshkent: Akademnashr, 2016.
5. Qodiriy A. O‘tkan kunlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019.
6. Fitrat A. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2000.
7. Alimova D.A. Jadidchilik harakati va uning tarixiy ahamiyati // O‘zbekiston tarixi. – 2019. – №2. – B. 12–20.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarorlari va me’yoriy hujjatlari.
