YUSUF XOS HOJIBNING “QUTADG‘U BILIG” ASARIDA TILNING FAZILATI, FOYDA VA ZARARLARI HAQIDAGI BOBDA QO‘LLANGAN BADIIY TASVIR VOSITALARI
Keywords:
Yusuf Xos Hojib, “Qutadg‘u bilig”, til odobi, badiiy tasvir vositalari, tashbih, tazod, parallelizm, tarse’, variatsiya, nido, didaktika.Abstract
Ushbu maqolada o‘rta asr turkiy adabiyotining yirik yodgorligi Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida til odobi masalasining badiiy ifodasi tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy materiali asarning tilning fazilati, foydasi va zararlari, shuningdek, so‘zlash va sukutning foydasi haqidagi boblaridan olingan baytlardir. Mazkur baytlarda qo‘llangan tashbih, tazod, parallelizm, tarse’, variatsiya va nido kabi badiiy san’atlarning mazmuniy-estetik vazifalari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida badiiy tasvir vositalari nafaqat fikrni bezash, balki didaktik mazmunni kuchaytirish, tilning inson hayoti va ijtimoiy munosabatlardagi ta’sirini obrazli ifodalash vositasi sifatida xizmat qilishi aniqlandi. Xususan, tilning arslonga qiyoslanishi uning kuchli va xavfli xususiyatlarini ochib bersa, qarama-qarshi ma’noli birliklarning qo‘llanishi so‘zning insonni yuksaltirishi yoki tubanlashtirishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shuningdek, takror va parallel konstruksiyalar pand-nasihatlarning ta’sirchanligini oshiradi. Natijalar Yusuf Xos Hojibning didaktik g‘oyalarni badiiy shakl bilan uyg‘unlashtirish borasidagi mahoratini ko‘rsatadi.
References
1. Исҳоқов. Ё. “Сўз санъати сўзлиги” ¬– Т.: Зарқалам, 2006. –126 б.
2. Mehmet B. “Kutadgu Bilig‘de Dil ve Üslup: Ahlaki–Estetik Normlar.” History Studies International Journal of History, 2024(2), – S. 95–119.
3. Содиқов Қ. “Қутадғу билиг” сўзлиги [Матн]:илмий–оммабоп нашр. – Тошкент: Akademnashr, 2020.– 304 б.
4. Sodiqov Q. Qoraxoniylar davri turkiy yozma yodgorliklari.– Toshkent. Akademnashr, 2025. – 360 b.
5. Sodiqov Q. O‘zbek mumtoz adabiyoti. – Toshkent: Akademnashr, 2022. –320 b.
6. Тўхлиев Б. Юсуф Хос Ҳожиб ва туркий халклар фольклори.” –Тошкент: Bayoz, 2013.– 115 б.
7. Тўхлиев Б. Юсуф Хос Ҳожибнинг “Қутадғу билиг” асари. – Тошкент, 1991.– 458 б.
8. Юсуф Хос Ҳожиб. “Қутадғу билиг” (Саодатга йўлловчи билим). Транскрипция ва ҳозирги ўзбек тилига тавсиф. Нашрга тайёрловчи Каримов Қ. – Тошкент: “Фан”, 1971.– 964 б.
9. Ҳожиахмедов А. “Шеърий саньатлар ва мумтоз қофия” . Т:- Шарқ. 1998.
