IJTIMOIY-HISSIY TA’LIM ASOSIDA O‘QUVCHILARDA HAYOTIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH METODLARI (ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARI MISOLIDA)
Keywords:
zamonaviy ta’lim, ijtimoiy-hissiy ta’lim, hayotiy ko‘nikmalar, kommunikativ kompetensiya, interfaol metodlar.Abstract
Zamonaviy ta’lim tizimi o‘qituvchidan pedagogik tajriba bilan birga o‘quvchilardagi ijtimoiy-hissiy holatni boshqarishni ham talab etadi. Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida ijtimoiy-hissiy ta’lim (Social-Emotional Learning – SEL) asosida o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Ona tili va adabiyot darslarida interfaol metodlar orqali o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasi, empatiya, tanqidiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolani tayyorlash davomida kuzatish, pedagogik tajriba va tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy-hissiy ta’lim elementlarini dars jarayoniga integratsiya qilish o‘quvchilarning nutq faolligi va ijtimoiy moslashuv darajasini sezilarli oshiradi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun. – Toshkent, 2020.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasini rivojlantirishga oid farmon va qarorlari. – Toshkent, 2019–2023.
3. Avliyakulov N. X. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.
4. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalar nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Fan, 2017.
5. Ishmuhamedov R. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: Istiqlol, 2019.
6. Social and Emotional Learning Framework // CASEL (Collaborative for Academic, Social, and Emotional Learning) rasmiy manbalari.
7. Education 2030: Incheon Declaration and Framework for Action // UNESCO, 2016.
8. OECD. The Future of Education and Skills 2030. – Paris, 2019.