BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MANTIQIY MASALALARNI YECHISH JARAYONIDA MATEMATIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH.

Authors

  • Dehqonova Mahliyo Shuhrat qizi Farg‘ona davlat universiteti katta o‘qituvchisi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) [email protected]. +998904078293 ORCID: 0009-0002-9588-551X Author

Keywords:

matematik tafakkur, mantiqiy masala, tafakkurni rivojlantirish, ijodiy fikrlash, metodika, boshlang‘ich ta’lim.

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik tafakkurini rivojlantirishda mantiqiy masalalarning o‘rni va ahamiyati keng qamrovda tahlil qilinadi. Xususan, mantiqiy masalalarning o‘quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirishdagi roli, ularning mustaqil va ongli fikrlashini shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlari yoritib beriladi. Maqolada mantiqiy masalalar orqali o‘quvchilarda tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, muhim va ikkinchi darajali belgilarni ajratish hamda mantiqiy xulosa chiqarish kabi fikrlash amallarini rivojlantirish mumkinligi asoslab berilgan. Shuningdek, mantiqiy masalalarni yechish jarayonida o‘quvchilarda muammoli vaziyatlarni anglash, ularni hal etish yo‘llarini izlash, turli yechim variantlarini solishtirish va eng maqbulini tanlash ko‘nikmalari shakllanishi ta’kidlanadi. Maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida mantiqiy masalalardan samarali foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham keltirilgan. Bundan tashqari, mantiqiy masalalar o‘quvchilarning ijodiy yondashuvini rivojlantirish, ularni faollikka undash va dars jarayoniga qiziqishini oshirishda muhim pedagogik vosita ekanligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.

References

1. Vygotskiy, L.S. Myshlenie i rech’. Moskva: Gosudarstvennoe sotsial’no-ekonomicheskoe izdatel’stvo, 1934. - 324 bet.

2. Piaget, J. The Child’s Conception of Number. London: Routledge & Kegan Paul, 1952. - 246 p.

3. Elkonin, D. B. Psixologiya obucheniya mladshix shkolnikov. Moskva: Prosveshchenie, 1974. - 239 bet.

4. Leontyev, A. N. Deyatel’nost. Soznanie. Lichnost. Moskva: Politizdat, 1975. - 304 bet.

5. Jumayev, M. Q. Boshlang‘ich ta’limda matematika o‘qitish nazariyasi va metodikasi. Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2020. -284 bet.

Downloads

Published

2026-04-05