ETAN-PROPAN ARALASHMASI TERMIK PIROLIZI JARAYONIDA HARORATNING IKKILAMCHI MAHSULOTLAR UNUMIGA TA’SIRINI TADQIQ ETISH

Authors

  • Hamdamov Sobirjon Narzulloyevich Toshkent kimyo-texnologiya instituti Neft va gaz texnologiyalari fakulteti Organik sintez texnologiyasi kafedrasi magistranti Author

Abstract

Jahon neft-kimyo sanoati rivojlanishining hozirgi bosqichida qazib olinayotgan tabiiy gazni chuqur qayta ishlab, yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar olish ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi sharoitida faoliyat yuritayotgan yirik gaz-kimyo majmualarida (xususan, Sho‘rtan va Ustyurt GKM) etan va propan aralashmalarining termik pirolizi orqali asosiy monomerlar bilan bir qatorda, iqtisodiy jihatdan qimmatbaho bo‘lgan ikkilamchi mahsulotlar: benzol, toluol, ksilollar (BTK) va og‘ir piroliz smolasi olinadi. Ma’lumki, piroliz jarayoni F. Rays (F. Rice) va K. Gersfeld (K. Herzfeld) nazariyasiga muvofiq erkin-radikalli zanjir mexanizmi asosida kechadi. Haroratning ortishi radikallarning faolligini oshirib, nafaqat maqsadli olefinlar (etilen va propilen) unumini ko‘paytiradi, balki reaktor devorlarida uglerodli cho‘kmalar (koks) hosil bo‘lishini ham tezlashtiradi. Shu sababli, mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi – etan-propan xomashyosi pirolizi jarayonida harorat va suv bug‘i parametrlarini maqbullashtirish hamda hosil bo‘lgan mahsulotlar tarkibini xromatografik usullarda aniq tahlil qilishdan iborat.

References

1. Albright L.F., Marek J.C. Coke formation during pyrolysis: mechanisms and control. // Industrial & Engineering Chemistry Research. – 1988. – Vol. 27. – P. 755-759.

2. Amghizar I., Vandewalle L.A., Van Geem K.M. New trends in olefin production. // Engineering. – 2017. – Vol. 3. – P. 171-178.

3. Жагфаров Ф.Г., Коптелов А.В. Современные тенденции в технологии получения низших олефинов из углеводородного сырья // Нефтехимия. – 2021. – Т. 61. – С. 163-175.

Downloads

Published

2026-06-24