SUT ZARDOBINI FOYDALI MIKROORGANIZMLAR YORDAMIDA BIOTEXNOLOGIK QAYTA ISHLASH VA UNDAN SAMARALI CHANQOVBOSDI MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH
Keywords:
Sut zardobi, biotexnologiya, qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati, chanqovbosdi mahsulot, meva-rezavor ekstraktlari, dorivor o'tlar.Abstract
Ushbu ilmiy ish sut sanoatining asosiy ikkilamchi mahsuloti hisoblangan sut zardobini biotexnologik qayta ishlash va undan oziq-ovqat mahsulotlarini sanoatda samarali qayta ishlash masalalariga bag'ishlangan. Hozirgi kunda sutni qayta ishlanganda zardobning katta qismi chiqindi qilib tashlab yuborilishi natijasida zararli moddalar ishlab chiqarilmoqda va tarkibidagi foydali biologik faol moddalar isrof bo'lmoqda.
Tadqiqotning asosiy maqsadi - sut zardobi tarkibidagi mineral birikmalarni to'laqonli saqlagan holda saqlash va zamonaviy talablarga javob beradigan shifobaxsh, inson uchun foydali chanqovbosdi mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. Ish jarayonida zardobni tozalash, filtrlash, ta’mini hamda organoleptik xossalarini yaxshilash uchun tabiiy meva-rezavor ekstraktlari va dorivor o‘tlarni qo‘shish usullari qo‘llanildi. Tayyor mahsulotning laboratoriya tekshiruvi fizik-kimyoviy va organoleptik ko'rsatkichlari to'liq tahlil natijalari.
Tajriba natijasida hamyonbop mahsulotlar ishlab chiqarish, resurslarni tejash, aholi uchun ekologik toza va shifobaxsh turini ishlab chiqarish imkonini beradi.
References
1. Dronov, A. M., va Xudoyberdiyev, R. N. (2020). Sut va sut qayta ishlash ishlab chiqarish. Toshkent: "O'zbekiston".
2. Kuznetsov, V. V. va Shidlovskaya, V. P. (2018). Metodiki issledovaniya moloka i molochnix produktov (Sut va sut tikish tadqiq qilish metodikasi). Moskva: "Kolos".
3. Sodiqov, M. M., & Alimova, X. A. (2021). Chorvachilik qayta ishlash va sifatini nazorat qilish. Samarqand: SamDU nashriyoti.
4. Gudkov, A. V. (2019). Mikrobiologiya moloka i molochnix produktov (Sut va sut mahsulotlari mikrobiologiyasi). Sankt-Peterburg: "Gipord".
5. O'zDST 3042:2016. Sut va sut mahsulotlari. Kislotalilikni boshqarish usullari (Turner gradusi). Toshkent: O'zstandart agentligi.
