RAQAMLI MAKONDA SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY MEXANIZMLARI: MUAMMOLAR VA TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
shaxsga doir ma’lumotlar, raqamli makon, shaxsiy hayot daxlsizligi, axborot xavfsizligi, raqamli huquqlar, ma’lumotlarni qayta ishlash, kiberxavfsizlik, elektron xizmatlar, huquqiy himoya, raqamli iqtisodiyot.Abstract
Mazkur tezisda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi sharoitida shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilishning huquqiy asoslari va amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Raqamlashtirish jarayonlarining kengayishi natijasida fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va elektron tizimlarda uzatish ko‘lami ortib bormoqda. Bu esa shaxsiy hayot daxlsizligi, axborot xavfsizligi hamda shaxsga doir ma’lumotlardan qonuniy foydalanish bilan bog‘liq yangi huquqiy muammolarni yuzaga keltirmoqda. Tadqiqotda O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilishning normativ-huquqiy asoslari, ma’lumotlar subyektining huquqlari, ma’lumotlarni qayta ishlovchi subyektlarning majburiyatlari hamda raqamli muhitda ma’lumotlarning noqonuniy tarqalishi bilan bog‘liq xavflar tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarda, xususan, Yevropa Ittifoqida shakllangan ma’lumotlarni himoya qilishning zamonaviy yondashuvlari qiyosiy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot yakunida O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish, raqamli xizmatlar xavfsizligini kuchaytirish hamda fuqarolarning raqamli-huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent. 2.O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni. 3.O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni. 4.European Parliament and Council. (2016). General Data Protection Regulation (GDPR).
5.Council of Europe. Convention for the Protection of Individuals with Regard to Automatic Processing of Personal Data.
OECD.
6.Privacy Guidelines: Guidelines on the Protection of Privacy and Transborder Flows of Personal Data.
