“TEMIRYO‘LINFRATUZILMA” AJ “QO‘QON LOKOMOTIV DEPOSI” KORXONASINING ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDAGI ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH TADBIRLARINI TADQIQ QILISH.

Authors

  • Mirsaidov Mirtohir Faxriddin o'g'li Farg'ona davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi kafedrasi M14 25 guruhi magistranti Author

Abstract

O'zbekiston Respublikasida transport tizimini, xususan temir yo'l transportini rivojlantirish va modernizatsiya qilish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Temir yo'l transportida yuk va yo'lovchi tashish hajmining ortishi lokomotiv depolari kabi yirik energiya iste'molchilari bo'lgan korxonalarga bo'lgan ehtiyojni va ularning elektr energiyasiga bo'lgan talabini oshirmoqda. Qo'qon lokomotiv deposi Farg'ona viloyati va qo'shni hududlarning temir yo'l infratuzilmasini texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashda muhim rol o'ynaydi. Bu yerda elektropoezd va teplovozlar turli darajadagi texnik ko'riklardan o'tkaziladi. Ta'mirlash jarayonlarida yuqori quvvatli metall qayta ishlash dastgohlari, payvandlash uskunalari va yuk ko'tarish mexanizmlari keng qo'llaniladi. Depo hududidagi turli sexlar, mexanik ustaxonalar, kompressor va nasos stansiyalari uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlanishini talab qiladi. Shu bilan birga, elektr energiyasining yuqori sarfi va tizimdagi noto'g'ri energiya taqsimoti iqtisodiy xarajatlarni oshirib yubormoqda. Ushbu muammolarni hal qilish, elektr ta'minoti tizimidagi energiya samaradorligini oshirish va isrofgarlikni kamaytirish bugungi kunning dolzarb ilmiy va amaliy vazifalaridan biridir.

References

1. O'zbekiston Respublikasining Elektr energetikasi sohasidagi davlat siyosatining 2030 yilgacha bo'lgan strategiyasi.

2. Temir yo'l transportida energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo'yicha yo'riqnoma. Toshkent, 2022.

3. Elektr ta'minoti tizimlarida energiya samaradorligi va energiya auditi. Darslik. Toshkent, 2021.

4. Chastota boshqaruvchi elektrohaydovchilarni sanoatda qo'llash masalalari. Ilmiy texnik maqolalar to'plami. 2023.

Downloads

Published

2026-06-22