O‘QISH DARSLARIDA HIKOYA MATNI ORQALI O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISH
Abstract
Mazkur maqolada o‘qish darslarida hikoya matnlari orqali o‘quvchilar nutqini o‘stirishning dolzarb masalalari keng yoritilgan. Unda hikoya matnlarining boshlang‘ich ta’lim tizimidagi o‘rni, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishdagi ahamiyati atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, fikrni izchil, aniq va ravon bayon etish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda hikoya matnlarining roli asoslab berilgan. Maqolada hikoya matnlari bilan ishlash jarayonida o‘quvchilarning nutqiy faoliyatini faollashtirish, ularning muloqot madaniyatini shakllantirish hamda ijodiy fikrlashini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. O‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, o‘qish darslarini samarali tashkil etish zarurligi ta’kidlangan.
References
1.Oripov B. T. Darslarning samaradorligini oshirish yo’llari. Toshkent: 1983-yil.60-b.
2. A.G‘ulomov, B.Qobilov. Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari. – Toshkent: “O‘qituvchi” 1995. 120-b.
3. Abdullayeva Q., Rahmonbekova S. 2-sinfda o‘qish darslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2016. 45-b.
4. Shojalilov A., Yusupov M. va boshqalar. To‘rtinchi sinfda o‘qish darslari. -Toshkent, 2017. 80-b.
5. Shodieva Q. Nutq o‘stirish uslubiyoti. –Toshkent: “O‘qituvchi”, 2002. 145-b.
