IQLIM O’ZGARISHINING BIOLOGIK XILMA-XILLIKKA TA’SIRI: HAYVON VA O’SIMLIK TURLARINING KAMAYISHI.
Abstract
Ushbu maqolada iqlim o’zgarishining biologik xilma-xillikka ta’siri hamda uning hayvon va o’simlik turlarining kamayishiga olib kelayotgan asosiy sabablari tahlil qilingan. So’nggi yillarda kuzatilayotgan global haroratning ortishi, yog’ingarchilik rejimining o’zgarishi, qurg’oqchilik, cho’llanish, muzliklarning erishi va ekstremal ob-havo hodisalarining ko’payishi tabiiy ekotizimlarning barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Natijada ko’plab o’simlik va hayvon turlarining yashash areallari qisqarmoqda, populyatsiyalari kamaymoqda hamda ayrim noyob va endemik turlar yo’qolib ketish xavfi ostida qolmoqda. Maqolada biologik xilma-xillikning kamayishi ekotizim xizmatlari, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo’jaligi va inson salomatligiga ta’siri ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, iqlim o’zgarishiga moslashish, biologik resurslarni muhofaza qilish, tabiiy ekotizimlarni tiklash, muhofaza etiladigan hududlar tarmog’ini kengaytirish hamda issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo’yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan.
References
1. IPCC. Climate Change 2023: Synthesis Report. Geneva: Intergovernmental Panel on Climate Change, 2023.
2. Jangpangi D., Patni B., Chandola V., Chandra S. Medicial plants in a changing climate: Understanding the links between environmental stress and secondary metabolite synthesis // Frontiers in Plant Science. - 2025. - Vol.16. – Article 1587337. – DOI: 10.3389/fpls.2025.1587337.
3. Climate Box. (2019). Climate Box Textbook Uzbekistan (Uzbek edition). Tashkent, Uzbekistan.
4. Rasulov A., G’ulomov P. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish. Toshkent: O’qituvchi, 2021.
5. O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi. O’zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash bo’yicha milliy strategiya va harakatlar rejasi. Toshkent, 2024.


