O‘ZBEKISTONDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH: MUAMMOLAR VA TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Abstract
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida O‘zbekiston Respublikasida ushbu texnologiyalardan foydalanishni huquqiy tartibga solishning dolzarb masalalari tahlil qilinadi. Sun’iy intellektning davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, bank-moliya, sud-huquq tizimi, ta’lim va boshqa sohalarga kirib borishi natijasida yangi huquqiy munosabatlar hamda yangi turdagi huquqiy xavflar yuzaga kelmoqda. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi, sun’iy intellektga asoslangan yechimlardan foydalanish bo‘yicha etika qoidalari hamda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan huquqiy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanishda inson huquqlari, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, algoritmik xolislik, javobgarlik, shaffoflik va intellektual mulk masalalari ko‘rib chiqiladi. Xorijiy tajriba, xususan, Yevropa Ittifoqining xavfga asoslangan yondashuvi bilan O‘zbekistonning shakllanayotgan huquqiy mexanizmlari qiyoslanadi. Tadqiqot yakunida O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori. — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-son “Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining 2026-yil 24-fevraldagi 284-mh-son buyrug‘i. “Sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha etika qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”. — qonuni.
4. Raxmonov T. O‘zbekistonda sun’iy intellektning fuqarolik-huquqiy maqomini aniqlash masalalari // Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari. — 2025.


