TOPONIMLARDA SON VA OʻLCHOV BILDIRUVCHI SOʻZLAR ASOSIDAGI METONIMIK KOʻCHISHLAR
Abstract
Maqolada oʻzbek toponimikasida son va oʻlchov bildiruvchi soʻzlar asosida yuzaga keladigan metonimik nomlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi bunday nomlanishning semantik modellarini aniqlash va tasniflashdan iborat. Tavsiflash, qiyoslash va komponent tahlil metodlaridan foydalanilgan holda miqdor–makon, oʻlchov–makon va tartib son–makon kabi uch model ajratildi. Har bir model konkret toponimik misollar (Beshariq, Oltiariq, Toʻrtkoʻl, tanob asosidagi nomlar va h.k.) asosida yoritildi. Natijalar bu turdagi metonimiyaning oʻzbek va umumturkiy toponimik tizimda barqaror va mahsuldor hodisa ekanini koʻrsatadi.
References
1. Do‘simov Z., Egamov X. Joy nomlari maʼnosi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1977. – 144 b.
2. Hasanov H. Geografik nomlar siri. – Toshkent: Fan, 1985. – 120 b.
3. Podolskaya N.V. Slovar' russkoy onomasticheskoy terminologii. – Moskva: Nauka, 1988. – 192 s.
4. Jakobson R. Two Aspects of Language and Two Types of Aphasic Disturbances // Fundamentals of Language. – The Hague: Mouton, 1956. – P. 55–82.
5. Nafasov T. Oʻzbekiston toponimlarining izohli lugʻati. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1988. – 288 b.
6. Qoraev S. Oʻzbekiston viloyatlari toponimlari. – Toshkent: Oʻzbekiston, 1996. – 205 b.


