DAVLAT SEKTORIDA MOLIYaVIY BARQARORLIKNI RIVOJLANTIRIShDA RAQAMLI TEXNOLOGIYaLARGA ASOSLANGAN HISOB-KITOBLARDA KORRUPSION XAVFLARNI KAMAYTIRISh
Abstract
Bugungi kunda davlat sektorida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash masalasi nafaqat budjet dissiplinasini mustahkamlash, balki davlat mablag‘laridan foydalanish jarayonida korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish bilan ham uzviy bog‘liq. Transparency International tashkilotining 2025 yil uchun e’lon qilgan Korrupsiyani idrok etish indeksiga (KPI) ko‘ra, O‘zbekiston 182 davlat orasida 31 ball bilan 124-o‘rinni egallab, oldingi yillarga nisbatan pozitsiyasini yo‘qotdi — bu holat islohotlarning izchil davom ettirilishi zaruriyatini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu bilan birga, mamlakatimizda 2015 yildan buyon mazkur indeks umumiy hisobda sezilarli o‘sishni (19 balldan 31 ballgacha) namoyon etgan, bu esa uzoq muddatli institutsional islohotlarning asta-sekin samara berayotganidan dalolat beradi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabrdagi PF-6079-son “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 avgustdagi PF-6300-son “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyundagi PF-154-son “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 dekabrdagi PF-270-son “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni.
5. Transparency International. Corruption Perceptions Index 2025. — Berlin: Transparency International, 2026. — www.transparency.org.
6. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining rasmiy ma’lumotlari. — www.anticorruption.uz.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali ma’lumotlari. — openbudget.uz.
