NAZARIY-KONSEPTUAL VA STRUSTURAL MODEL YO‘NALISHIDA O‘RTA TIBBIYOT XODIMLARINING KASBIY-KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING KONSEPTUAL-PEDAGOGIK MODELI
Keywords:
Lekin mavjud ilmiy tahlillar va amaliyot ko‘rsatmoqdaki, o‘rta tibbiyot xodimlarining muloqot tayyorgarligi asosan dastlabki kasbiy ta’lim (kollej va texnikum) bosqichida o‘rganilgan bo‘lib, uzluksiz ta’lim va malaka oshirish tizimida tibbiy diskursga asoslangan tizimli pedagogik yondashuv yetarlicha ishlab chiqilmagan. Malaka oshirish kurslarida qo‘llanilayotgan an’anaviy ma’ruzaga asoslangan mashg‘ulotlar hamshiralarning real klinik amaliyotdagi muloqot xulq-atvorini va ko‘nikmalarini o‘zgartirishda kam samaradorlik namoyon etmoqda.Abstract
Sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiyalashning zamonaviy bosqichida tibbiy xizmatlar sifati va bemorlar xavfsizligi ko‘p jihatdan o‘rta tibbiyot xodimlarining (hamshiralarning) kasbiy faoliyatiga bog‘liqdir. Hamshira bemor bilan eng ko‘p vaqt muloqotda bo‘ladigan va unga bevosita tibbiy-parvarish xizmatini ko‘rsatadigan mutaxassis hisoblanadi. Hamshiraning muloqot madaniyati va ko‘nikmalari darajasi bemorning davolanish rejimiga rioya qilishi, davolash natijadorligi, bemor va uning oilasi mamnunligi hamda butun tibbiy jamoaning o‘zaro hamjihatlikda ishlashiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.


