ONA TILI DARSLIKLARIDAGI O‘ZBEK XALQ MAQOLLARINI “PLICKERS” VA “WORDWALL” ILOVALARI ORQALI O‘QITISH
Abstract
Mazkur maqolada ona tili darsliklari tarkibidagi o‘zbek xalq maqollarini zamonaviy metodik yondashuvlar hamda raqamli didaktika elementlari asosida o‘qitish masalasi ilmiy-metodik jihatdan yoritilgan. Maqol janri til birliklarining ko‘p qatlamli (leksik, morfologik, sintaktik, pragmatik va madaniy) xususiyatlarini ixcham va yuqori konsentratsiyada namoyon etadigan didaktik material sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotda Plickers va Wordwall kabi interaktiv ilovalardan foydalanish orqali an’anaviy “yodlash obyekti” yondashuvidan kompetensiyaviy natijaga yo‘naltirilgan ta’lim resursiga o‘tish metodikasi ochib berilgan. Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 30-maktabda o‘tkazilgan 3 oylik tajriba-sinov ishlari natijalari raqamli vositalarning darsda tezkor formativ baholash (diagnostika), motivatsiyani oshirish hamda differensial topshiriqlar zanjirini shakllantirishdagi yuqori samaradorligini isbotlaydi.
References
1. Azimova I., Mavlonova K., Quronov S., Tursun Sh. Ona tili: 6-sinf. – Toshkent: Respublika taʼlim markazi, 2022. – 224 b.
2. Azimova I., Mavlonova K., Quronov S., Tursun Sh. Hakimova N., Siddiqov M. Ona tili: 7-sinf. – Toshkent: Respublika taʼlim markazi, 2022. – 224 b.
3. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – Toshkent: Musiqa, 2010.
4. Sulaymonov M. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi (Akademik litseylar uchun o‘quv qo‘llanma). – Namangan, 2012.
5. Садриддинова М. Ўзбек халқ мақоллари (Тўплам). – Тошкент: Фан, 1984. – 144 б.
6. Сaйфуллaевa Р., Менглиев Б., Бoқиевa Г., Қурбoнoвa М., Aбузaлoвa М. Ҳoзирги ўзбек aдaбий тили. – Тoшкент: Фaн вa технoлoгиялaр, 2010. – 414 б.
7. Сoaтoв Б. Взaимoсвязь пaремиoлoгических жaнрoв и пoэтические oсoбеннoсти узбекских нaрoдных пoслoвиц. – Тaшкент: Фaн, 1994. – 102 c.
8. Жўраева Б. Ўзбек халқ мақоллари шаклланишининг лингвистик асослари ва прагматиc хусусиятлари: Филол. фан. ном. ... дис. – Самарқанд, 2019. – 230 б.
9. Жўраева М.Ю. Ўзбек халқ топишмоқларининг генезиси: Филол. фан. бўйича фалсафа доктори (PhD) дис. автореф. – Тошкент, 2017. – 22 б.
10. Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. 12 жилдлик, 1-жилд. – Тошкент: Давлат илмий нашриёти, 2000. – 736 б.


