SUN’IY INTELLEKT BILAN MULOQOT JARAYONIDA INSON RUHIYATINI IFODALOVCHI LEKSIKANING DISKURSIV TRANSFORMATSIYASI
Abstract
Ushbu maqolada sun’iy intellekt bilan muloqot jarayonida inson ruhiyatini ifodalovchi leksikaning diskursiv transformatsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy raqamli kommunikatsiya muhiti, xususan, sun’iy intellekt asosidagi tizimlar bilan o‘zaro muloqot jarayonida yuzaga keladigan lingvistik o‘zgarishlar o‘rganiladi. Inson nutqida ruhiy holatni ifodalovchi leksik birliklarning shakllanishi, ularning semantik kengayishi hamda yangi diskursiv vazifalar kasb etishi asosiy tadqiqot obyekti sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt bilan muloqot davomida nutqning soddalashuvi, emotsional-ekspressiv birliklarning o‘zgarishi va ba’zi hollarda qisqarishi kuzatilishi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, inson va sun’iy intellekt o‘rtasidagi kommunikativ jarayon o‘ziga xos diskursiv muhitni shakllantirib, unda ruhiy holatni ifodalovchi leksika yangi lingvokognitiv xususiyatlarga ega bo‘ladi. Mazkur maqola zamonaviy lingvistika, psixolingvistika va diskurs tahlili yo‘nalishlari kesishgan nuqtada yangi ilmiy yondashuvni taklif etadi.
References
1. Safarov, Sh. (2020). Kognitiv tilshunoslik asoslari. Toshkent: Fan nashriyoti, 45–52-betlar.
2. Karasik, V. I. (2019). Yazykovoy krug: lichnost, kontsepty, diskurs. Moskva: Gnozis, 75–82-betlar.
3. Crystal, D. (2011). Internet Linguistics: A Student Guide. London: Routledge, 110–120-betlar.
4. Gibbs, R. W. (2008). The Cambridge Handbook of Metaphor and Thought. Cambridge: Cambridge University Press, 90–98-betlar.
5. Turkle, S. (2017). Reclaiming Conversation: The Power of Talk in a Digital Age. New York: Penguin Press, 150–160-betlar.
6. Kubryakova, E. S. (2012). O kognitivnoy lingvistike i kognitivnykh issledovaniyakh. Moskva: Nauka, 35–44-betlar.
7. Muratxodjayeva, F. X. (2026). EMOTSIONAL-EKSPRESSIV LEKSIKANING DISKURSIV-SEMANTIK XUSUSIYATLARI VA INSON RUHIYATINING VERBAL TASVIRI. Latin American journal of education, 6(3), 10-16.
8. Muratxodjayeva, F. X. (2026). INSON RUHIYATINI IFODALOVCHI BIRLIKLARNING MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI. Latin American journal of education, 6(1), 204-209.
9. Xotamovna, M. F. (2025). MADANIYATLARARO KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYADA TARJIMANING MUHIM AHAMIYATI. SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 8(1), 183-187.
10. MURATKHODJAEVA, F. (2025). INSON RUHIYATINI IFODALOVCHI MELIORATIV EMOTSIYALARNING SEMANTIK KO ‘LAMI. «ACTA NUUz», 1(1.2. 1), 280-281.
