KELAJAK MUHANDISLARINING RAQAMLI KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Abstract
Mazkur maqolada oliy texnik ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarning raqamli kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy muhandislik faoliyatining raqamlashtirilishi, avtomatlashtirish, sun’iy intellekt, raqamli modellashtirish, virtual laboratoriyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ishlab chiqarish jarayonlariga jadal kirib kelishi muhandis kadrlarni tayyorlash mazmuniga yangi talablarni qo‘ymoqda. Shu nuqtayi nazardan, bo‘lajak muhandisning faqat texnik bilimlarga ega bo‘lishi yetarli bo‘lmay, raqamli vositalardan kasbiy faoliyatda samarali, xavfsiz va ijodiy foydalanish kompetensiyasini shakllantirish muhim pedagogik vazifaga aylanmoqda. Maqolada raqamli kompetensiyaning mazmuni va tarkibiy komponentlari yoritilib, uni shakllantirishning pedagogik, didaktik, texnologik va tashkiliy shart-sharoitlari asoslab beriladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-637-son, 23.09.2020.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. PF-6079-son, 05.10.2020.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni. PF-158-son, 11.09.2023.
4. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2006.
5. Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006.
6. Muslimov N.A. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish. – Toshkent: Fan, 2004.
7. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Moliya, 2003.
