TEZKOR-QIDIRUV TADBIRLARI VA TERGOV HARAKATLARINING INTEGRATSIYASI: “TEZKOR-TERGOV” INSTRUMENTINI SHAKLLANTIRISHNING HUQUQIY VA FUNKSIONAL ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlarining o‘zaro integratsiyalashuvi, ularning funksional va huquqiy tabiatining transformatsiyalanishi hamda yagona “tezkor-tergov” instrumentini shakllantirish istiqbollari tahlil qilingan. Muallif tomonidan tergov va tezkor-qidiruv instrumentlarining o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va cheklovlari qiyosiy-huquqiy hamda funksional yondashuvlar asosida o‘rganilgan. Shuningdek, mazkur institutlarni universallashtirishga qaratilgan zamonaviy tendensiyalar, ularning ijobiy va salbiy oqibatlari, jumladan, protsessuallashtirishning kuchayishi, funksional o‘ziga xoslikning susayishi va huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolar yoritilgan. Tadqiqot natijalari sud ishlarini yuritishda bilish va isbotlash faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida tezkor-qidiruv va tergov instrumentlarini takomillashtirish, shuningdek, ularning mazmunan integratsiyalashuviga asoslangan yangi huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish zarurligini asoslaydi.
