THE USE OF ENGLISH PROVERBS AS A PEDAGOGICAL TOOL FOR ENHANCING SPEAKING SKILLS IN EFL LEARNERS
Abstract
Ushbu tadqiqot ingliz maqollarining chet tili sifatida ingliz tilini (EFL) o‘rganayotgan o‘quvchilarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi rolini o‘rganadi. Tadqiqot xususiy o‘quv markazida 14–15 yoshdagi B1 darajadagi 23 nafar o‘quvchi ishtirokida sakkiz hafta davomida amalga oshirildi. Maqollar haftasiga uch marotaba o‘tkazilgan speaking (gapirish) darslariga kommunikativ faoliyatlar — munozaralar, rolli o‘yinlar, hikoya tuzish, debatlar va fikr bildirish mashg‘ulotlari orqali tizimli ravishda integratsiya qilindi. Tadqiqot aralash metod (mixed-method) yondashuvidan foydalanib, IELTS Speaking oldi va keyingi test natijalari hamda sinf kuzatuvlari va yarim tuzilgan intervyular asosida ma’lumotlar to‘plandi.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, maqollardan foydalanish o‘quvchilarning og‘zaki nutq ko‘nikmalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Eng katta o‘sish lug‘at boyligida kuzatildi, ya’ni o‘quvchilar yanada xilma-xil, kontekstga mos va ifodali so‘zlardan foydalana boshladilar. Shuningdek, nutq ravonligi yaxshilandi, o‘quvchilar kamroq ikkilanish bilan gapira boshladilar va fikrlarini yaxshiroq bog‘lay oldilar. Bundan tashqari, o‘quvchilarda ingliz tilida gapirishga bo‘lgan ishonch va faollik oshdi.
Sifatli ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilar maqollarga asoslangan o‘qitishni qiziqarli, motivatsion va madaniy jihatdan boyituvchi usul sifatida qabul qilishgan. Ularning fikricha, maqollar yangi so‘zlarni eslab qolishni osonlashtirgan va speaking mashg‘ulotlarini yanada mazmunli qilgan. Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, ingliz maqollari EFL speaking darslarida lingvistik va kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga yordam beruvchi samarali qo‘shimcha pedagogik vosita bo‘lishi mumkin.
References
1. Boers, F., & Lindstromberg, S. (2008). Cognitive linguistic approaches to teaching vocabulary and phraseology. Mouton de Gruyter.
2. Bygate, M. (1987). Speaking. Oxford University Press.
3. Council of Europe. (2020). Common European Framework of Reference for Languages: Learning, teaching, assessment – Companion volume. Cambridge University Press.
4. Ellis, N. C. (2003). Constructions, chunking, and connectionism: The emergence of second language structure. In C. Doughty & M. Long (Eds.), The handbook of second language acquisition (pp. 63–103). Blackwell.
5. Harmer, J. (2015). The practice of English language teaching (5th ed.). Pearson.
6. Lazar, G. (1996). Using figurative language to expand students’ vocabulary. ELT Journal, 50(1), 43–51.
7. Lewis, M. (1993). The lexical approach: The state of ELT and a way forward. Language Teaching Publications.
8. McCarthy, M., & O’Keeffe, A. (2004). Research in the teaching of spoken language. Annual Review of Applied Linguistics, 24, 26–43.
9. Nattinger, J. R., & DeCarrico, J. S. (1992). Lexical phrases and language teaching. Oxford University Press.
10. Richards, J. C. (2008). Teaching listening and speaking: From theory to practice. Cambridge University Press.
11. Schmitt, N. (2000). Vocabulary in language teaching. Cambridge University Press.
12. Wray, A. (2002). Formulaic language and the lexicon. Cambridge University Press.
