NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNI IJTIMOIY INTEGRATSIYA QILISHDA JAMIYATNING HUQUQIY, IJTIMOIY VA MADANIY OMILLARI
Abstract
Mazkur maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyat hayotiga to‘laqonli integratsiya qilish jarayonida huquqiy, ijtimoiy va madaniy omillarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash, ularning jamiyat hayotida faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash hamda inklyuziv muhitni shakllantirishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar, ijtimoiy institutlar va madaniy qadriyatlar o‘rganiladi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy integratsiyasiga to‘sqinlik qiluvchi omillar, jamiyatda mavjud stereotiplar va ijtimoiy to‘siqlar tahlil etiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy hayotga samarali integratsiya qilish uchun davlat siyosati, fuqarolik jamiyati institutlari va jamiyatning madaniy qarashlari o‘rtasidagi uyg‘unlik muhim ahamiyat kasb etishi asoslab beriladi.
References
1. World Health Organization. World Report on Disability. Geneva, 2011.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. ‘Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida’. 2020.
