MAXSUS TEXNIKUM O‘QUVCHILARIGA ONA TILI FANINI O‘RGATISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI
Abstract
Ona tili har bir millatning ma’naviy boyligi, tafakkur asosidir. Ayniqsa, maxsus texnikum o‘quvchilari uchun ona tilini puxta o‘zlashtirish nafaqat savodxonlikni oshiradi, balki kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli ona tili fanini o‘qitish pedagogik jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi globallashuv davrida har bir mutaxassisdan nafaqat kasbiy bilim, balki yuksak nutq madaniyati, mustaqil fikrlash va muloqot ko‘nikmalari ham talab etilmoqda. Bu jihatlar esa bevosita ona tilini chuqur o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Maxsus texnikumlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar ko‘proq amaliy kasblarga yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, ular uchun ham ona tili fanining o‘rni beqiyosdir. Ona tilini o‘rgatish orqali o‘quvchilarda nafaqat savodxonlik, balki shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun zarur kompetensiyalar shakllanadi.
References
1.Ona tili o’qitish metodikasi. A.G’ulomov, M.Qodirov, M.Ernazarova, Fan va texnologiya nashriyoti Toshkent 2012-yil
2.Ona tili o’qitish metodikasi. K.Qosimova, S.Matchonov, Sh.Yo’ldosheva, Noshir nashriyoti, Toshkent 2009-yil
3.Kasb ta’limi pedagogikasi. N.Muslimov. Fan nashriyoti. Toshkent 2007-yil
4.Umumiy pedagogika. B.Xodjayev. Sano standard nashriyoti. Toshkent 2017-yil
