JADID NASRIDA AYOL OBRAZI VA UNING IJTIMOIY MAQOMI MASALASI
Keywords:
jadid adabiyoti, jadid nasri, ayol obrazi, ijtimoiy maqom, xotin-qizlar, ma’rifat, jaholat, savodsizlik, erksizlik, Kumush, Zaynab, Ra’no, ZebiAbstract
Ushbu maqolada jadid nasrida ayol obrazining badiiy talqini hamda uning ijtimoiy maqomi masalasi yoritiladi. Jadid adabiyotida xotin-qizlar taqdiri jamiyatdagi jaholat, savodsizlik, majburiy nikoh, oilaviy tengsizlik, ayolning o’z taqdirini mustaqil belgilay olmasligi kabi ijtimoiy muammolar bilan bog’liq holda tasvirlangani tahlil qilinadi. Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari hamda Abdulhamid Cho’lponning “Kecha va Kunduz”, “Qor qo’ynida lola”, “O’ktabr qizi” kabi asarlaridagi Kumush, Zaynab, Ra’no, Zebi, Qurbonbibi, Sharofatxon va Vannaycha obrazlari misolida jadid adiblarining ayolga munosabati ochib beriladi. Maqolada ayol obrazi jadid nasrida faqat oilaviy munosabatlar doirasidagina qahramon emas, balki davrning ijtimoiy-ma’naviy muammolarini ifodalovchi badiiy vosita ekanligi asoslanadi.
References
1. Qosimov B. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti. – Toshkent: Ma’naviyat.
2. Ismoiljonova N. “Jadid adabiyotida ayollar obrazi (Cho’lpon asarlari asosida)” // TADQIQOTLAR jahon ilmiy-metodik jurnali. – 2024. – 31-son, 1-qism. – B. 22-27.
3. Qodiriy A. O’tkan kunlar. – Toshkent: Navro’z, 2019.
4. Qodiriy A. Mehrobdan chayon. – Toshkent: Sharq, 2007.
5. Cho’lpon. Kecha va Kunduz. – Toshkent: Akademnashr, 2021.
6. “Отражение семейных в отношений в произведении Аю Чулпана “Кеча ва кундуз” // Общество и инновации. Qodiriy

