O‘ZBEKISTONDA BUXGALTERIYA HISOBINI MHXSGA MUVOFIQLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
buxgalteriya hisobi, MHXS, MHMS, moliyaviy hisobot, xalqaro standartlar, hisob siyosati, hisobvaraqlar rejasi, moliyaviy axborot, raqamlashtirish, shaffoflik, taqqoslanuvchanlik, jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar, moliyaviy hisobot.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) muvofiqlashtirishning zamonaviy yo‘nalishlari hamda istiqboldagi rivojlanish tendensiyalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi mamlakatda moliyaviy hisob tizimini xalqaro talablarga moslashtirish, moliyaviy axborotlarning shaffofligi, taqqoslanuvchanligi va ishonchliligini oshirish, investorlar uchun axborot muhitini takomillashtirish hamda milliy hisob tizimini zamonaviy iqtisodiy munosabatlar talablariga mos ravishda transformatsiya qilish zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, monografik usul, mantiqiy umumlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni kontent-tahlil qilish va induksiya-deduksiya usullaridan foydalanilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-son “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 12-martdagi 345-son buyrug‘i. “Moliyaviy hisobotning milliy standarti (2-sonli MHMS) «Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash asoslari: hisob siyosati va hisob baholari»”.
4. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 362-son buyrug‘i. “Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishning konseptual asoslari”.
5. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 13-avgustdagi buyrug‘i. “Moliyaviy hisobotning milliy standarti (1-sonli MHMS) «Moliyaviy hisobotlarda axborotlarni taqdim etish va yoritib berish»”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. “Moliyaviy hisobotning milliy standartlari: xalqaro amaliyotga muvofiq yangi bosqich”. 2026-yil 22-yanvar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. “Buxgalteriya hisobi va auditorlik faoliyati sohasida 2026-yil birinchi choragi yakunlari: amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar”. 2026-yil 6-may.

