QUYOSH SUV CHUCHITGICHLARINING TURLARI VA ULARNING QO‘SHIMCHA QURILMALAR BILAN INTEGRATSIYALASHUV ISTIQBOLLARI

Authors

  • Rajabov Xurshid Ro’zimurodovich Buxoro shahar 4-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi Author
  • Oymatova Maftuna Qamariddinovna BuxDu Muhandislik texnologiyalari va qayta tiklanuvchi energiya manbalari kafedrasi magistranti Author

Keywords:

quyosh energiyasi, suv chuchitgich, quyosh distillyatori, desalatsiya, solar still, PCM, nanoflyuid, PV/T, vakuumli quvurli kollektor, issiqlik almashinuvi.

Abstract

Ushbu tezisda quyosh energiyasi asosida sho‘r va minerallashgan suvlarni chuchitish uchun qo‘llaniladigan quyosh suv chuchitgichlarining asosiy konstruktiv turlari va ularning ishlash tamoyillari tahlil qilingan. An’anaviy havzali, bir nishabli, ikki nishabli, pog‘onali, wick-tipli, quvurli, piramidasimon va ko‘p havzali quyosh chuchitgichlarining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, quyosh chuchitgichlarining fotovoltaik panellar, quyosh kollektorlar, vakuumli quvurli kollektorlar, faza o‘zgaruvchi materiallar (PCM), nanoflyuidlar, issiqlik almashgichlar va faol kondensatorlar bilan integratsiyalashuvi tahlil qilingan. Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, oddiy quyosh chuchitgichlari konstruktiv soddaligi va past ekspluatatsion xarajatlari bilan ajralib tursa-da, ularning mahsuldorligi quyosh radiatsiyasining vaqt bo‘yicha o‘zgarishiga kuchli bog‘liq. Zamonaviy tadqiqotlarda bug‘lanish yuzasini oshirish, issiqlikni saqlash, issiqlik almashinuvini jadallashtirish va kondensatsiyani kuchaytirish orqali ushbu cheklovlarni kamaytirishga katta e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, PCM, nano-PCM, nanoflyuidlar, PV/T va vakuumli quvurli kollektorlar bilan integratsiyalangan tizimlar istiqbolli yo‘nalishlar sifatida baholanadi.

References

[1] Tony, M. A., & Nabwey, H. A. (2024). Recent advances in solar still technology for solar water desalination. Applied Water Science, 14, 147.

[2] Elsheikh, A., et al. (2024). Augmentation and evaluation of solar still performance: A comprehensive review. Desalination, 574, 117239.

[3] El-Sebaey, M. S., et al. (2024). Stepped solar stills: A comprehensive review of design, performance, and optimization strategies for sustainable water desalination. Solar Energy, 284, 113077.

[4] Ahmed, M. M. Z., et al. (2021). Basin and tubular solar distillation systems: A review. Process Safety and Environmental Protection, 150, 157–178.

[5] Sambare, S. S., et al. (2024). Productivity enhancement techniques for tubular solar still—A review. Environmental Progress & Sustainable Energy.

[6] Dubey, A., & Arora, A. (2024). Effect of various energy storage phase change materials (PCMs) and nano-enhanced PCMs on the performance of solar stills: A review. Journal of Energy Storage, 97, 112938.

[7] Comprehensive Review on Solar Stills—Latest Developments and Overview. (2022). Sustainability, 14(16), 10136.

[8] Harnessing evacuated tube technology for enhanced solar still: A comprehensive review. (2024). Results in Engineering.

[9] Rashid, F. L., et al. (2024). A review on the current situation and prospects for nanofluids to improve solar still performance. Journal of Thermal Analysis and Calorimetry, 149, 13511–13531.

[10] Anika, U. A., et al. (2024). Exergy, exergo-economic, environmental and sustainability analysis of pyramid solar still integrated hybrid nano-PCM, black sand, and sponge. Solar Energy, 274, 112559.

Downloads

Published

2026-10-10