ZAMONAVIY PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR ASOSIDA YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Authors

  • Ahmadjonova E’zoza Maxmud qizi Nizomiy nomidagi O‘zMPU Tarix fakulteti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Author

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy pedagogik innovatsiyalar asosida yoshlar ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari tahlil etilgan. Yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish jarayoni shaxsning ijtimoiy-madaniy, axloqiy va intellektual kamolotini ta’minlovchi muhim pedagogik jarayon sifatida yoritilgan. Tadqiqotda innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol ta’lim metodlari, raqamli ta’lim vositalari, muammoli va loyihaviy ta’lim, shuningdek, shaxsga yo‘naltirilgan va kompetensiyaviy yondashuvlarning yoshlar ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’lim muhitida yoshlarning mustaqil fikrlashi, tanqidiy tafakkuri, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga ongli munosabati va ijtimoiy faolligini rivojlantirishning samarali mexanizmlari tahlil qilingan. Maqolada pedagogik innovatsiyalarni ma’naviy tarbiya jarayoniga integratsiyalash orqali yoshlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan barqaror dunyoqarashini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni. “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”.

4. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2024

Downloads

Published

2026-08-09