TA’LIM TIZIMINI SAMARALI BOSHQARISHDA IJTIMOIY-DEMOGRAFIK OMILLAR
Abstract
Ushbu maqolada ta’lim tizimini samarali boshqarishda ijtimoiy-demografik omillarning o‘rni, ularning ta’lim sifati, boshqaruv qarorlari va ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Aholi soni va tarkibi, yosh-demografik holat, urbanizatsiya, migratsiya, ijtimoiy tengsizlik, bandlik darajasi, ota-onalarning ta’lim darajasi, hududiy rivojlanish kabi omillarning ta’lim tizimi boshqaruvida strategik rejalashtirish, resurslarni taqsimlash, pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni prognozlash hamda ta’lim sifatini ta’minlash jarayonlaridagi ahamiyati asoslangan. Shuningdek, ma’lumotlarga asoslangan (data-driven) boshqaruv, raqamli monitoring va demografik prognozlardan foydalanish orqali ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari taklif etilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim siyosatini shakllantirish, hududiy ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish va inson kapitali rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2019 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni.
4. Sh.Po‘latov. Ta’lim menejmenti, yoxud ta’lim muassasasini ilmiy-metodik boshqarish strategiyasi. O‘quv qo‘llanma. T.: “Yosh kuch”, 2019, 592 bet
5. R.X.Jo‘raev, S.T.Turg‘unov. Ta’lim menejmenti. Umumiy o‘rta ta’lim suassasalari direktorlari uchun qo‘llanma. T.: “Voris-Nashiriyot”-2006, 263 bet.
6. A.Radjiev, F.Karimov, A.Ibragimov. TALIS-2018 Xalqaro tadqiqotlari talablari asosida o‘tkazilgan so‘rovnoma va tadqiqot hisobotining ma’lumotlar to‘plami. 2-qism. Toshkent-2022. 119 bet.
