IDIOMALARNING VAZIFAVIY XUSUSIYATLARI

Authors

Abstract

Funksiya yoki vazifaviy xususiyatlar deganda alohida elementning xususiyatlarining u tarkibiy qismi bo‘lgan butunlikka nisbatan namoyon bo‘lishi tushunilishidir.Frazeologik birliklar o‘z tabiatiga ko‘ra belgilanadigan o‘ziga xos vazifalar majmuasiga ega. Ba'zi funktsiyalar doimiy, ya’ni har qanday kontekstdagi barcha frazeologik birliklarga xos bo‘lsa, boshqalari o‘zgaruvchan va faqat ma’lum bir frazeologik birlik turlariga xosdir. Har bir aniq lingvistik vaziyatni tasvirlash uchun tilda stereotipik modellar shakllanadi. Bular tilda idiomatik birliklarsifatida qayd etiladi. O‘rganilayotgan idiomalarning asosiy funksiyalari A.V. Kunin nazariyasi asosida bir nechta vazifaviy xususiyatlarga ega ekanligini, shuningdek, ushbu funksiya turlari stilistik, kumulyativ, yo‘naltiruvchi, baholash va umumlashtiruvchi vazifalarni o‘z ichiga oladi. Stilistik funksiya nutqda frazeologik birliklarning konnotativ xususiyatlarini, jumladan, hissiy, ifodali va baholash komponentlarini amalga oshiradi.Idiomalar haqida ko‘plab ishlar muallifi A.V. Kuninidiomalarning bir qator funksiyalari, vazifaviy xususiyatlari borligini ta’kidlagan, bular qatoriga pragmatik, modellashtiruvchi, semantik, kommunikativ, kognitiv, uslubiy( stilistik), baho funksiyalari shular junlasiga kiradi. Bular ichida pragmatik funksiya yana o‘z navbatida kichik guruhlarga bo‘linadi. Shunga muvofiq ochib beriladi, ya’ni nominativ va kognitiv funktsiyalar bilan o‘zaro ta'sir qiluvchi kommunikativ funktsiyalardir.

References

1. Begmatova. G.X. O’zbek til milliy korpusida idiomalar bazasini yaratish. Monografiya. Globe Edit. 2024

2. Begmatova G.X. O‘zbek milliy korpusida idiomalar bazasini yaratish.

Filologiya fanlari falsafa doktori dissertatsiyasi. Termiz, 2021.

3. Кунин А.В. Фразеологичекие единицы и контекст // ИЯШ. 1971. №5

4. https://cyberleninka.ru /Лаврентьев А. М Корпусная лингвистика: идеология, методы и технологии.

5. https://cyberleninka.ru/ Смагулова Г. Н. Речевая культура современной молодёжи (на материалах казахской фразеологизмов). 2014.

Downloads

Published

2026-04-09