QANDLI DIABET BEMORLARIDA OFTALMOLOGIK PATOLOGIYALAR

Authors

  • BahriyevAslbek G‘iyosiddin o‘g‘li Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Author

Abstract

Qandli diabet — eng ko‘p uchraydigan endokrin kasalliklardan biri bo‘lib, ko‘zda turli patologiyalarni keltirib chiqaradi.[1] Diabetik retinopatiya, makulyar shish, glaukoma va katarakta bemorlarda ko‘rish qobiliyatining pasayishi va nogironlikning asosiy sabablaridan hisoblanadi.[2] Kasallik davomiyligi ortishi bilan retinopatiya va boshqa oftalmologik asoratlar uchrash chastotasi sezilarli darajada oshadi. Shu bois diabetli bemorlarda muntazam oftalmologik skrining va erta tashxis dolzarb ilmiy-amaliy masala hisoblanadi.[3]Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda oftalmologik patologiyalarni aniqlash, kasallik davomiyligi bilan diabetik retinopatiya uchrash chastotasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash va erta diagnostika orqali og‘ir asoratlarning oldini olishga qaratilgan individual davolash strategiyalarini ishlab chiqish.

References

1. Normatova N., Ibragimova N. Frequency of occurrence and factors of diabetic retinopathy advancement in people with DM type 2 in Uzbekistan. Endocrine Abstracts, 2016

2. Djamalova Sh.A., Nabiyev A.M. Ophthalmologic complications of diabetes mellitus and their prevention strategies. European Science Review, 2015

3. Iskandarova Sh.T. Clinical features of diabetic macular edema and cataract in Uzbekistan. Med-click, 2015

Downloads

Published

2026-05-13