ANTROPOTSENTRIK TILSHUNOSLIKDA LINGVOKULTUROLOGIK HODISALAR TARAQQIYOTI VA MUAMMOLARI
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikda muhim o‘rin egallagan antropotsentrik paradigma doirasida lingvokulturologik hodisalarning taraqqiyoti va muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqotda til va inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, tilning kognitiv va madaniy xususiyatlari, shuningdek, lingvokulturologik yondashuvning nazariy asoslari yoritilgan. Xususan, til birliklari orqali milliy dunyoqarash, qadriyatlar tizimi va madaniy xotiraning ifodalanishi masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada antropotsentrik yondashuv asosida shakllangan kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya va boshqa fanlararo yo‘nalishlarning o‘rni va ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari tilni inson omili bilan bog‘liq holda o‘rganishda muhim nazariy ahamiyatga ega.
References
1. Evans, V., Green, M. Cognitive Linguistics: An Introduction. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2006.
2. Маслова, В. А. Введение в когнитивную лингвистику. Москва: Флинта: Наука, 2007.
3. O‘rmonova M. F. Lingvokulturologiya va til tavsifiga antropotsentrik yondashuv // Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar. – 2023.
4. Xolmanova Z. Antropotsentrik tilshunoslikning yo‘nalishlari. – Toshkent, 2023.
