ODAMNING DUNYOQARASHI: SHAXS STRUKTURASIDAGI PSIXOLOGIK FENOMEN VA UNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MODELLARI
Keywords:
dunyoqarash, e’tiqod, qadriyatlar tizimi, kognitiv psixologiya, Men-konsepsiyasi, ijtimoiy moslashuv, kognitiv dissonans, ma’naviy yetuklik, shaxs strukturasi, dunyo tuyg‘usi, dunyo idroki, dunyo tushunchasi, logoterapiya, klipcha fikrlash, psixologik fenomen, ijtimoiy-psixologik model. determinizm, ontogenez, ruhiy immunitet, axborot muhiti, motivatsiya.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada shaxs dunyoqarashining murakkab psixologik tabiati, uning tarkibiy qismlari va shakllanishining fundamental mexanizmlari tizimli ravishda tadqiq etiladi. Dunyoqarash shunchaki bilimlar yig‘indisi emas, balki shaxsning "Men-konsepsiyasi" bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, uning hayotiy strategiyasi va ijtimoiy moslashuvini belgilovchi dinamik tizim sifatida tahlil qilinadi. Maqolada dunyoqarashning yosh davrlari bo‘yicha rivojlanish xususiyatlari, zamonaviy axborot jamiyati va virtual muhitning inson qarashlari transformatsiyasiga ta’siri masalalari keng yoritilgan. Shuningdek, kognitiv dissonans holatlarida dunyoqarashning barqarorlashtiruvchi funksiyasi va shaxsning ruhiy "immuniteti" sifatidagi roli muallifning shaxsiy nazariy qarashlari hamda klassik psixologik modellar sintezi asosida asoslab berilgan.
References
1. G'oziyev E.G'. Umumiy psixologiya. — Toshkent, 2010.
2. Davletshin M.G. Psixologiya: ma'ruzalar matni. — Toshkent, 2002.
4. Frankl V. Chelovek v poiskax smыsla. — Moskva: Progress, 1990.
5. Rubinshteyn S.L. Osnovы obщey psixologii. — Sankt-Peterburg: Piter, 2002.
6. Karimova V.M. Shaxs psixologiyasi. — Toshkent: Fan, 2015.
