PLASTIK KARTA ORQALI SODIR ETILAYOTGAN JINOYATLARNI OCHISHDA BANK MUASSASALARINING ICHKI ISHLAR ORGANLARI BILAN O‘ZARO HAMKORLIKDAGI FAOLIYATI

Authors

  • Iminov Abdurasul Abdulatipovich IIV Akademiyasi Raqamli texnologiyalar va axborot xavfsizligi kafedrasi boshlig`i, Matematika va fizika fanlar nomzodi podpolkovnik Author
  • Botiraliyev Asliddin Xurshid oʻgʻli IIV Akademiyasi 3-oʻquv kursi 325-guruh kursanti Author

Abstract

Bugungi globallashuv va iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida bank-moliya sektori kiberhujumlarning asosiy nishoniga aylandi. O‘zbekiston Respublikasida "Raqamli O‘zbekiston — 2030" strategiyasi doirasida naqd pulsiz hisob-kitoblar ko‘lami kengayishi bilan bir qatorda, plastik kartalar bilan bog‘liq jinoyatlar soni ham mutanosib ravishda ortib bormoqda. Kiberjinoyatchilar nafaqat texnik zaifliklardan, balki "ijtimoiy muhandislik" (social engineering) usullaridan foydalanib, fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirmoqda. Bunday jinoyatlarni ochishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, jinoyat izlari raqamli makonda qoladi va ularni aniqlash uchun banklar va Ichki ishlar organlari (IIO) o‘rtasida uzviy, real vaqt rejimidagi (real-time) hamkorlik talab etiladi.

Downloads

Published

2026-06-01