RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA KIMYO FANINI INTEGRATIV O‘QITISH ORQALI O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH.
Keywords:
raqamli ta’lim muhiti, kimyo ta’limi, integrativ o‘qitish, fanlararo integratsiya, tanqidiy fikrlash, virtual laboratoriya, raqamli pedagogika, interaktiv ta’lim texnologiyalari, muammoli ta’lim, loyiha asosidagi ta’lim.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada raqamli ta’lim muhitida kimyo fanini integrativ o‘qitish asosida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishning metodik asoslari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilardan tanqidiy fikrlashni, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishni talab qiladi. Raqamli ta’lim platformalari va virtual laboratoriyalar o‘qitish jarayonini interaktiv va samarali usulni ta’minlab beradi. Kimyo fanini boshqa fanlar bilan integratsiyalashgan holda o‘qitish o‘quvchilarda tizimli va muammoli fikrlashni rivojlantiradi. Kimyo fanini biologiya, fizika, geografiya, matematika, informatika va ekologiya fanlari bilan integratsiyalashgan holda o‘qitish imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, raqamli platformalar (virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar, interaktiv metodlar, sun’iy intellektga asoslangan ta’lim vositalari) orqali ta’lim jarayonini tashkil etish mexanizmlari yoritiladi. Integrativ yondashuv asosida tashkil etilgan raqamli ta’lim muhitining o‘quvchilarda tahlil qilish, taqqoslash, muammo qo‘yish va yechim topish, dalillash, xulosa chiqarish kabi tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy asosda ochib beriladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston maktablari” konsepsiyasi. (2023)
2. M.Abdurahmonova “Kimyo o‘qitish metodikasining rivojlanish tendensiyalari: muammolar, yechimlar, tavsiyalar” Buxoro ( 2025)
3. N. Turobova “Maktabgacha va maktab ta’limi” jurnali Том 3 № 10 (2025)
4. Sh. Qodirov Pedagogika va ta’lim metodikasi. Toshkent: (2020).
5. Critical Thinking: The Key to Success in Education. International Journal of Educational Research, (2017). 35(4), 13-27.
6. The Critical Thinking Community. Foundation for Critical Thinking. Retrieved from www.criticalthinking.org