O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA TURG'UN BIRIKMALARNING MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada o'zbek va ingliz tillaridagi turg'un birikmalarning milliy-madaniy xususiyatlari qiyosiy-tipologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Turg'un birikmalar - bu tarkibiy qismlari barqaror bo'lgan, tayyor holda nutqqa kirituvchi so'z birikmalari bo'lib, ular xalqning tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, diniy va axloqiy qarashlarini o'zida aks ettiradi. Maqolada o'zbek va ingliz xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyatiga xos bo'lgan turg'un birikmalar misolida ularning shakllanish manbalari - urf-odat va marosimlar, diniy tasavvurlar, tarixiy voqealar, xalq og'zaki ijodi va kundalik turmush tajribasi - tahlil qilinadi. Milliy-madaniy xususiyatlarning tilda aks etish darajasi hamda ularning boshqa tilga tarjima qilinishidagi qiyinchiliklar ham ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari lingvokulturologiya, chet tillarni o'qitish va tarjimashunoslik sohalarida amaliy ahamiyatga ega.
References
1. Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati. - Toshkent: O'qituvchi, 2012.
2. Mamatov A. O'zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi masalalari. - Toshkent: Fan, 1999.
3. Sapir E. Culture, Language and Personality. - Berkeley: University of California Press, 1985.
6. Cowie A.P. Phraseology: Theory, Analysis, and Applications. - Oxford: Clarendon Press, 1998.
7. Кунин А. В. Англо-русский фразеологический словарь. — Москва: Русский язык, 1984.
8. Телия В. Н. Русская фразеология: Семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. — Москва: Языки русской культуры, 1996.
