RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QUVCHILARNING JISMONIY FAOLLIGINI MONITORING QILISH
Keywords:
Raqamli texnologiyalar, jismoniy faollik, monitoring, o‘quvchilar, jismoniy tarbiya, pedagogik nazorat, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy yuklama, aqlli soat, fitnes-bilaguzuk.Abstract
Mazkur tezisda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning jismoniy faolligini monitoring qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Hozirgi kunda ta’lim jarayonining raqamlashtirilishi jismoniy tarbiya sohasida ham zamonaviy nazorat va monitoring usullaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. O‘quvchilarning jismoniy faolligini muntazam kuzatish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va ular asosida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin. Raqamli qurilmalar yordamida qadamlar soni, harakat davomiyligi, yurish va yugurish masofasi hamda ayrim fiziologik ko‘rsatkichlarni kuzatish imkoniyati mavjud. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham yoshlarning jismoniy faolligini o‘lchash va monitoring qilishda kiyiladigan raqamli qurilmalardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
References
1. Xolmurodov L.Z., Uraimov S.R. Adaptiv jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyati. Toshkent: O‘ZKITOBSAVDONASHRIYOTI, 2022.
2. Safarova D.D., Seydaliyeva L.D., Sultanova Yu.M. va boshqalar. Sport fiziologiyasi. Chirchiq: Ilmiy texnika axborot-press nashriyoti, 2018.
3. Asqarov F.A. Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyalari. Namangan: NamDU, 2022.
4. Arziqulov R. Sog‘lom turmush tarzi asoslari. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2009.
5. Matnazarov O‘.L., Matnazarov A.O‘. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. Urganch: Khwarezm publication, 2025.
