YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT BOSQICHIDA INSON VA FUQARONING SUD HIMOYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Abstract
Tezisda Yangi O‘zbekistonda sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan konstitutsiyaviy va institutsional islohotlar tahlil qilingan. Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida sud himoyasi kafolatlarining kengayishi, asosiy qonun normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi, “xabeas korpus” institutining takomillashuvi hamda “Miranda qoidasi”ning joriy etilishi huquqiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, ma’muriy yustitsiya tizimini rivojlantirish, “sudning faol ishtiroki” tamoyili hamda 2025-yildan joriy etilgan tergov sudyasi institutining inson huquqlarini ta’minlashdagi roli baholangan. Bundan tashqari, sud tizimini raqamlashtirish, sud majlislarida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash istiqbollari hamda advokatura institutining protsessual imkoniyatlarini kengaytirish masalalari tahlil etilgan. Tadqiqot yakunida sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish Yangi O‘zbekistonda inson qadri va qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy omili ekanligi asoslangan.
References
1. O‘zbekistonda Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyundagi PF-89-sonli Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 28-yanvardagi O‘RQ-1022-sonli Qonuni (Tergov sudyasi faoliyatiga oid).
4. Oliy sud Plenumining 2023-yil 23-iyundagi 16-sonli “Sudlar tomonidan Konstitutsiya normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash to‘g‘risida”gi qarori.
