BIDENS FRONDOSA L. BARGINING DIAGNOSTIK ANATOMIK BELGILARI VA FARMAKOGNOSTIK TAVSIFINI TADQIQ ETISH

Authors

  • A.X. Xo’janazarova Toshkent farmatsevtika universiteti Author
  • F.H. Xo’janazarova Turon universiteti Author
  • X.N.Xolmatov Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Author
  • S.N.Qurbonova Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Author

Abstract

Bidens frondosa L. tarkibidagi biologik faol moddalar majmuasi zamonaviy farmatsevtika va tibbiyot uchun yuqori terapevtik ahamiyatga ega xomashyo hisoblanadi. Ushbu tur polifenol birikmalar, ayniqsa, flavonoidlar (luteolin, kversetin), kumarinlar va poliasetilenlarga boyligi bilan ajralib turadi. Tibbiyotda ushbu moddalarning kuchli antiseptik, yallig‘lanishga qarshi va gepatoprotektor kabi xususiyatlari ehtiyojni orttiradi. Ayniqsa, tarkibidagi polifenollar erkin radikallarni neytrallash orqali antioksidant hisoblanadi, bu esa surunkali yallig‘lanish kasalliklarini davolashda muhim ahamiyatga ega. Farmatsevtika sanoati uchun uning tarkibidagi kondensatsiyalangan oshlovchi moddalar, polisaxaridlar asosida dermatologik va urologik preparatlar ishlab chiqarish dolzarb hisoblanadi. Shuningdek, B. frondosa ning mikrobga qarshi faolligi sintetik antibiotiklarga rezistentlik (chidamlilik) oshib borayotgan bir davrda tabiiy va xavfsiz fitopreparatlarga bo‘lgan talabni qondirish imkonini beradi. So’ngi tadqiqotlar uning immunomodulyatorlik xususiyatlarini ham tasdiqlamoqda, bu esa preparatlar seleksiyasini kengaytirishga xizmat qiladi.

References

1. Vinogradova YK, Tokhtar VK, Notov AA, Mayorov SR, Danilova ES. Plant Invasion Research in Russia: Basic Projects and Scientific Fields. Plants. 2021;10(7):1477. doi:10.3390/plants10071477

2. Konovalov DA, Nasukhova AM. Polyacetylene Compounds in Species of Genus Bidens. Pharm Pharm. 2015;2(2):34-65. doi:10.19163/2307-9266-2014-2-2(3)-34-65

3. Le J, Lu W, Xiong X, Wu Z, Chen W. Anti-Inflammatory Constituents from Bidens frondosa. Molecules. 2015;20(10):18496-510. doi:10.3390/molecules201018496

Downloads

Published

2026-06-22