ELEKTRON TAʼLIM VOSITALARI ASOSIDA BOʻLAJAK MUHANDISLARNING KASBIY KOMPONENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Abstract
Ushbu maqolada elektron ta’lim vositalari (LMS platformalari, virtual laboratoriyalar, sun’iy intellektga asoslangan simulyatorlar va raqamli modellar) asosida bo‘lajak muhandislarning kasbiy komponentini rivojlantirishning zamonaviy metodikasi taklif etiladi. Kasbiy ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvni raqamli transformatsiya bilan uyg‘unlashtirish orqali yoshlarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini oshirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Xalqaro tajribalar (Germaniya, Singapur va Rossiyadagi dual va raqamli modellar) O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan holda ko‘rib chiqiladi. Metodika maktabgacha va o‘rta ta’limdan boshlab bosqichma-bosqich joriy etish, pedagog kadrlar malakasini oshirish va mehnat bozori talablariga moslashish imkoniyatlarini qamrab oladi. Natijada kasbiy ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish yo‘llari ko‘rsatiladi.
References
1. Xodjaboyev A.R., Xusanov I.A. Kasbiy ta’lim metodologiyasi. – T.: “Fan va texnologiya”, 2007. – 192 b.
2. UNESCO. Digital Transformation in Vocational Education and Training. – Paris, 2022.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-fevraldagi 98-sonli qarori “Kasbiy ta’limni raqamlashtirish strategiyasi to‘g‘risida”.
