GIPOTIREOZNING KLINIK BELGILARI VA ERTA DIAGNOSTIKASIDA ZAMONAVIY LABORATOR VA INSTRUMENTAL USULLARNING AHAMIYATI
Abstract
Gipotireoz qalqonsimon bez gormonlari yetishmovchiligi bilan kechadigan va organizmning deyarli barcha a’zo hamda tizimlari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan keng tarqalgan endokrin holatlardan biridir. Kasallikning klinik belgilari ko‘pincha nospetsifik va sekin rivojlanishi sababli uning erta bosqichlarini faqat klinik ko‘rik asosida aniqlash qiyin. Maqolada gipotireozning asosiy klinik ko‘rinishlari, subklinik shaklining xususiyatlari hamda erta diagnostikada tireotrop gormon (TTG), erkin tiroksin (erkin T4), tireoperoksidazaga qarshi antitanalar (anti-TPO) kabi laborator ko‘rsatkichlarning o‘rni yoritilgan. Qalqonsimon bez ultratovush tekshiruvining strukturaviy o‘zgarishlarni aniqlashdagi imkoniyatlari va uning funksional laborator tekshiruvlar bilan birgalikda qo‘llanishining ahamiyati tahlil qilingan. Gipotireozni o‘z vaqtida aniqlash klinik belgilarni to‘g‘ri baholash, laborator ko‘rsatkichlarni kompleks talqin qilish va instrumental tekshiruvlardan klinik ko‘rsatmalar asosida oqilona foydalanishni talab etadi.
References
1. Chaker L., Bianco A.C., Jonklaas J., Peeters R.P. Hypothyroidism. Lancet. 2017;390(10101):1550–1562.
2. Biondi B., Cappola A.R., Cooper D.S. Subclinical Hypothyroidism: A Review. JAMA. 2019;322(2):153–160.
3. Jonklaas J., Bianco A.C., Bauer A.J., et al. Guidelines for the Treatment of Hypothyroidism. Thyroid. 2014;24(12):1670–1751.
4. Garber J.R., Cobin R.H., Gharib H., et al. Clinical Practice Guidelines for Hypothyroidism in Adults. Endocrine Practice. 2012;18(6):988–1028.
5. Pearce S.H.S., Brabant G., Duntas L.H., et al. 2013 ETA Guideline: Management of Subclinical Hypothyroidism. European Thyroid Journal. 2013;2(4):215–228.
6. Taylor P.N., Albrecht D., Scholz A., et al. Global epidemiology of hyperthyroidism and hypothyroidism. Nature Reviews Endocrinology. 2018;14:301–316.


