ANTIBIOTIKLARGA CHIDAMLI MIKROORGANIZMLAR: RIVOJLANISH MEXANIZMLARI, KLINIK AHAMIYATI VA PROFILAKTIKASI

Authors

  • Egamberdiyeva Bahora Eldor qizi Author
  • Fozilova Ruxshona Abror qizi Author
  • Axtamova Intizor Boburjonovna Samarqand Davlat tibbiyot Universituti talabalari Author

Abstract

Mazkur maqolada antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarning shakllanish sabablari, rivojlanish mexanizmlari, ularning klinik ahamiyati hamda profilaktika choralari ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Antibiotiklar tibbiyot amaliyotida bakterial infeksiyalarni davolashda muhim o‘rin tutishiga qaramay, ularni nazoratsiz va asossiz qo‘llash natijasida ko‘plab mikroorganizmlarda antibiotiklarga nisbatan chidamlilik rivojlanmoqda. Ushbu holat davolash samaradorligining pasayishiga, infeksiyalarning og‘ir kechishiga, kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarining ortishiga hamda sog‘liqni saqlash tizimiga qo‘shimcha iqtisodiy yuk tushishiga sabab bo‘lmoqda.
Maqolada bakteriyalarda antibiotiklarga chidamlilikni yuzaga keltiruvchi asosiy mexanizmlar, jumladan genetik mutatsiyalar, plazmidlar orqali genlarning gorizontal uzatilishi, fermentativ inaktivatsiya, hujayra devori va membranasi o'tkazuvchanligining o‘zgarishi hamda efflyuks nasoslari faoliyatining kuchayishi yoritilgan. Shuningdek, antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarning inson salomatligiga ta'siri, shifoxona ichki infeksiyalarining rivojlanishidagi o‘rni va zamonaviy mikrobiologik diagnostika usullarining ahamiyati keng tahlil qilingan. Maqolada antibiotiklardan oqilona foydalanish, infeksion nazorat choralariga rioya qilish, mikrobiologik tekshiruvlar asosida davolashni tanlash, sanitariya-gigiyena qoidalarini kuchaytirish hamda aholi o‘rtasida antibiotiklardan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish antibiotiklarga chidamlilikning oldini olishdagi muhim omillar sifatida baholangan. Tadqiqot natijalari antibiotiklarga chidamlilik muammosini bartaraf etishda shifokorlar, mikrobiologlar va boshqa tibbiyot mutaxassislarining hamkorligi muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

References

1. Sodiqov A.S., Ismoilov B.A. Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya. – Toshkent: "Yangi asr avlodi", 2022.

2. Karimov Sh.T., Rahimov U.R. Tibbiy mikrobiologiya. – Toshkent: "Fan va texnologiya", 2021.

3. To‘xtayev A.A. Umumiy mikrobiologiya. – Toshkent: "O‘zbekiston", 2020.

4. Murray P.R., Rosenthal K.S., Pfaller M.A. Medical Microbiology. 10th ed. – Philadelphia: Elsevier, 2024.

5. Покровский В.И., Поздеев О.К. Медицинская микробиология. – Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2021.

Downloads

Published

2026-09-13