NOTARIAL IDORALARDA CHET ELEMENTI BILAN MURAKKABLASHGAN MEROS ISHLARINING YURITILISHINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Authors

  • Xotamova Nigina Madatovna Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti e-mail: [email protected] Author

Keywords:

notariat, meros, chet el elementi, xalqaro xususiy huquq, kollizion norma, meros huquqi, notarial ish yuritish, xorijiy hujjatlar, huquqiy yordam, merosxo‘r.

Abstract

Mazkur tadqiqot notarial idoralarda chet el elementi bilan murakkablashgan meros ishlarini yuritishni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Unda xorijiy davlat fuqarolari yoki yuridik shaxslarining meros huquqiy munosabatlarida ishtiroki, meros tarkibiga xorijda joylashgan mol-mulkning kirishi, meros qoldiruvchining turli davlatlarda mol-mulkka egalik qilishi hamda merosga oid huquqlarni aniqlashda yuzaga keladigan huquqiy muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, bunday ishlarni yuritishda kollizion normalarni qo‘llash, merosga nisbatan qo‘llaniladigan huquqni aniqlash, xorijiy hujjatlarni tan olish va qonuniylashtirish, xalqaro huquqiy yordamdan foydalanish hamda notariusning vakolatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar yoritiladi. Tadqiqot doirasida milliy qonunchilik va xalqaro huquqiy amaliyot asosida chet el elementi mavjud meros ishlarini yuritishning amaldagi mexanizmlari o‘rganilib, mavjud huquqiy va amaliy muammolar aniqlanadi. Shuningdek, notarial amaliyotni takomillashtirish, huquqni qo‘llash samaradorligini oshirish va merosxo‘rlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

References

1. www.lex.uz

2. Гражданский кодекс Грузии, Закон Грузии №786 от 26 июня 1997 г. // საქართველოს საკანონმდებლო მაცნე (Matsne). URL:https://www.matsne.gov.ge/ru/document/view/31702

3. Официальный интернет-портал правовой информации — pravo.gov.ru (Право.ru)

Downloads

Published

2026-10-03