KONTEYNERLI TASHUVLAR ULUSHINI OSHIRISH ASOSIDA TRANSPORT XIZMATLARI SIFATINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH

Authors

  • Boboyev D.Sh 1 – Toshkent davlat transport universiteti (Toshkent, O‘zbekiston). Author

Keywords:

konteynerli tashuvlar, konteynerlashtirish, intermodal tashuvlar, multimodal tashuvlar, transport xizmati sifati, transport-logistika tizimi, intermodal terminal, konteyner oqimi, matematik model, matematik kutilma, xizmat sifati ko‘rsatkichi, transport integratsiyasi, logistika markazi, raqamli logistika.

Abstract

Ushbu maqolada konteynerli tashuvlarning transport-logistika tizimidagi ahamiyati, intermodal tashuvlarni rivojlantirish imkoniyatlari hamda transport xizmatlari sifatini baholash masalalari tadqiq etilgan. Xalqaro tajriba asosida konteynerlashtirish darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan, transport infratuzilmasining rivojlanganligi, intermodal terminallar faoliyati, transport turlarining integratsiyasi va logistika jarayonlarini raqamlashtirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda transport xizmatlari sifatini kutish vaqti, safar davomiyligi, transport vositasining to‘ldirilish darajasi hamda axborot bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichlari asosida kompleks baholash modeli qo‘llanilgan. Matematik kutilma usulida amalga oshirilgan hisob-kitoblar natijasida xizmat sifati ko‘rsatkichi E(Q)=0,592 qiymatga teng ekanligi aniqlangan. Mazkur natija qabul qilingan mezonlarga ko‘ra transport xizmatlari sifatining qoniqarli darajada ekanligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari xizmat sifatini oshirish uchun safar vaqtini qisqartirish, transport vositalaridan foydalanish samaradorligini yaxshilash, yuklanish darajasini optimallashtirish va axborot tizimlarini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston sharoitida konteyner tashuvlari ulushini oshirish, intermodal logistika markazlarini rivojlantirish va transport turlari integratsiyasini kuchaytirish mamlakatning xalqaro transport-logistika tizimidagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.

 

References

1. Ziyoda Mukhamedova, Diyor Boboev. Research on improving the modern transport system in the process of cargo delivery. Railway transport: current issues and innovations, 3(1), 2022/3/28, 15–24.

2. J. Shihnazarov, D. Boboev, M. Dehkonov, D. Ikramova. Choice of an efficient mode of transport on the basis of comparison of technical and economic indicators of types of transport. - E3S Web of Conferences, 2023, 1-7

3. Ziyoda Mukhamedova, Diyor Boboyev, Shukhrat Saidivaliev, Rustam Abdullaev, Jamshid Kobulov, Sardorbek Akhmedov, Sherzod Fayzibayev. Mathematical modeling of fastening conditions in piggyback transport: ensuring safety and stability across different transport modes. Discover Applied Sciences: 2025/6/8, 619. https://link.springer.com/article/10.1007/s42452-025-07188-7

4. Bozorov R. Sh, Boboev D. Sh. Methods of installation of wire rope and binder when securing loads. Pedagogs: 2025/5/30, 76-84.

5. Do‘lobov D., Boboyev D. Sh. Stages of development of the organization of wagon flows. Editorial board: 2024/10/7, 219.

6. Ziyoda Adilova, Diyor Boboyev, Navruz Axtamov. Mathematical model of fastening conditions in container transportation taking into account various conditions. Transport bulletin: 2024/9/30, 98-103.

7. Boboyev Diyor Shomurotovich. Placing vehicles on the railway platform when organizing counter-trailer transportation. Journal of new century innovations: 2022/12/7, 17-21.

Downloads

Published

2026-10-13