O‘ZBEKISTONDA MULTIMODAL TASHUVLARNI RIVOJLANTIRISH UCHUN INVESTITSIYA RESURSLARINI JALB ETISH

Authors

  • Malikova Shoiraoy Baxtiyorovna Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi Author

Abstract

Mazkur tezisda O‘zbekistonda multimodal tashuvlarni rivojlantirish uchun investitsiya resurslarini jalb etishning iqtisodiy ahamiyati, mavjud holati va istiqbolli yo‘nalishlari yoritilgan. Multimodal tashuvlar avtomobil, temir yo‘l, havo va boshqa transport turlarini yagona logistika zanjirida birlashtirish orqali yuklarni tez, xavfsiz va nisbatan kam xarajat bilan yetkazib berishga xizmat qiladi. Tadqiqotda transport xizmatlari bozorining asosiy ko‘rsatkichlari, tranzit salohiyatini oshirish bo‘yicha davlat maqsadlari hamda davlat-xususiy sheriklik, xalqaro moliya institutlari, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va yashil moliyalashtirish mexanizmlaridan foydalanish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, multimodal logistika markazlari, quruq portlar, konteyner terminallari va raqamli boshqaruv tizimlarini moliyalashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–21-son Farmoni. Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida.

2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasining asosiy ko‘rsatkichlari. 2025-yil yanvar–dekabr ma’lumotlari.

3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Transport va kommunikatsiyalar. 2025-yil yakunlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar.

4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Kichik biznes subyektlarining asosiy ko‘rsatkichlari. 2025-yil.

5. World Bank. Uzbekistan to Modernize Transport Infrastructure and Reform the Sector with Support from the World Bank. 2026.

6. World Bank. Uzbekistan – Country Economic Memorandum: Fostering Private Sector-Led Growth and Global Integration. 2025.

7. World Bank. Connectivity and Transport Sector Improvement Project: Project Information Document. 2026.

Downloads

Published

2026-06-26