TRANSPORT-LOGISTIKA MARKAZLARINI TASHKIL ETISHDA INVESTITSIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

Authors

  • Malikova Shoiraoy Baxtiyorovna Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi Author

Abstract

Mazkur tezisda O‘zbekistonda transport-logistika markazlarini tashkil etish jarayonida investitsiya samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Transport-logistika markazlari yuklarni qabul qilish, saqlash, saralash, qayta ortish, bojxona rasmiylashtiruvi, ekspeditorlik hamda axborot xizmatlarini bir hududda birlashtiruvchi infratuzilma obyektlari hisoblanadi. Ularni tashkil etishga yo‘naltirilgan investitsiyalarning samaradorligi markazning joylashuvi, yuk oqimlari, transport tarmoqlariga ulanish darajasi, xizmatlar tarkibi, raqamli boshqaruv tizimlari va moliyalashtirish manbalarining oqilona shakllantirilishiga bog‘liq. Tezisda davlat-xususiy sheriklik, aralash moliyalashtirish, raqamli logistika, “yashil” texnologiyalar, bosqichma-bosqich qurilish va loyiha samaradorligini baholash mezonlaridan foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining “Transport to‘g‘risida”gi O‘RQ–706-son Qonuni, 2021-yil 9-avgust.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 633-son qarori. Transport-logistika markazlari faoliyatini baholash va yuritish tartibi to‘g‘risida.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasining asosiy ko‘rsatkichlari, 2025-yil yanvar–dekabr.

5. World Bank. Uzbekistan: Building Blocks for Integrated Transport and Logistics Development. Washington, D.C., 2020.

Downloads

Published

2026-06-26