INTERNET TARMOG‘IDA SHAXSNING SHA’NI, QADR-QIMMATI VA ISHCHANLIK OBRO‘SINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY MUAMMOLARI
Abstract
Mazkur maqolada internet tarmog‘ida shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilishning huquqiy masalalari tahlil qilinadi. Raqamli kommunikatsiya vositalari va ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi natijasida shaxs to‘g‘risidagi axborotni juda qisqa vaqt ichida keng auditoriyaga yetkazish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu holat bir tomondan axborot almashinuvini tezlashtirsa, boshqa tomondan shaxsning sha’ni, qadr-qimmati, ishchanlik obro‘si va shaxsiy hayotiga tajovuz qilish bilan bog‘liq nizolarni ko‘paytirish ehtimolini yuzaga keltirmoqda. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida shaxsning nomulkiy huquqlarini himoya qilishga oid normalar, internet orqali tarqatilgan ma’lumotlarning huquqiy oqibatlari, raddiya berish, ma’naviy zararni qoplash, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish hamda sud orqali huquqni tiklash masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, internet muhitining o‘ziga xos xususiyatlari sababli yuzaga keladigan huquqiy muammolar aniqlanib, milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
References
1. 1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — Toshkent: O‘zbekiston, 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. — Toshkent: Adolat.
3. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. — Toshkent: Adolat.
4. Shaydullayev B.S. Shaxsning tasvirga bo‘lgan huquqi va uni himoya qilish muammolari.
5. Madiyev F.H. Raqamli texnologiyalarning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqiga nisbatan ta’sirining nazariy tahlili.


